Andoza:Yaxshi maqola

Height comparison of notable statues + alabai.png

Olabay haykali — Turkmaniston poytaxti Ashxobodda boʻribosar (turkmancha: alabay) it zotiga oʻrnatilgan zarhal haykal. Itga oʻrnatilgan dunyodagi eng katta oltin yodgorlik. Yodgorlikning umumiy balandligi 15 metr boʻlib, it haykalining oʻzi 6 metr (baʼzi manbalarda 5,7 metr), tagkursisi balandligi esa 9 metrdir. Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning shaxsiy tashabbusi bilan haykaltarosh Sargart Babayev yaratgan. Haykal 2020-yilning 12-noyabrida prezident ishtirok etgan marosimda ochildi.

Haykal LED ekranli tagkursi ustida oʻrnatilgan boʻlib, shaharning davlat ishchilari uchun moʻljallangan tumanida, aylana yoʻl oʻrtasida joylashgan. Turkmaniston aholisining yirik qismi qashshoqlikda yashayotgan bir paytda, xususan, mamlakatda oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelgani xabar qilinayotgan bir paytda itga zarhal haykal oʻrnatilgani tanqidga uchradi. Haykal uchun qancha mablagʻ sarflangani nomaʼlum.

(Davomi...)

Arxiv