Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
23-avenyu (koʻcha) (inglizcha: 23rd Street) — New Yorkning Midtown Manhattan borosidagi ikki tomonlama koʻcha. Orolni sharqdan gʻarbga kesib oʻtuvchi asosiy magistral yoʻllardan biri. Koʻcha gʻarbdagi Oʻn birinchi avenyudan sharqdagi FDR magistraligacha davom etadi. Koʻcha 1811-yilda Manhattanni rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli reja qabul qilingandan keyin paydo boʻlgan. Unda mashhur mehmonxonalar, jumladan Fifth Avenue mehmonxonasi, shuningdek, koʻplab teatrlar qurilgan. Koʻchada 2013-yilda qurilgan Flatiron Building, MetLife Tower va One Madison tarixiy osmonoʻpar binolari joylashgan. Manhattandagi boshqa raqamlangan koʻchalar singari, 23-koʻcha ham 5-avenyu tomonidan gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlingan. Ikkalasi ham Flatiron hududining bir qismi boʻlgan Madison maydonida joylashgan. 6-avenyudan boshlab, gʻarbiy 23-koʻcha bloki orqali oʻtadi. Sharqda, Lexngton avenyusidan boshlab, koʻcha shimolda Kips koʻrfazi va janubda Gramerci va Piter Cooper Village chegaralari boʻylab oʻtadi (Davomi...)
Xushsifat maqola
Iqtisodiyotda elastiklik — maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir. Bu tushuncha hosila yordamida kiritiladi. U biror ishlab chiqarish faktoriga qarab iqtisodiy ko‘rsatkichning o‘zgarish darajasini anglatadi. Elastiklik miqdori elastiklik koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Elastiklik koeffitsienti tekshirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichning unga taʼsir etuvchi iqtisodiy faktorlardan birining qolganlari o‘zgarmas bo‘lganda birlik nisbiy o‘zgarishi taʼsiridagi o‘zgarishni ko‘rsatadi. Koʻpgina iqtisodiy hodisalarda chekli naflilikning kamayish qonuni sababli koʻrsatkich qanchalik absolyut katta boʻlsa, unga sarflangan resurslar samarasi shunchalik past boʻladi. Masalan, dunyoning rivojlangan davlatlarida yillik iqtisodiy oʻsish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan kamligi yoki 2 va undan ortiq bir-biriga bogʻliq empirik oʻzgaruvchilardan tashkil topgan iqtisodiy modelning faqat bir oʻzgaruvchisiga eʼtibor berish elastiklikni pasaytiradi. Xususan, soliq siyosati, xalqaro savdo kabi muhim iqtisodiy tarmoqlarda aynan elastiklik asosiy tahliliy koʻrsatkich hisoblanadi. Elastiklik empirik iqtisodiy modellar (masalan, Cobb–Douglas ishlab chiqarish funksiyasi) va Behavioral iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-atvorini oʻrganish uchun yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniladi. (Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun19-avgust
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
![]() |
MediaWiki Viki dasturlash |
![]() |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
![]() |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
![]() |
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
![]() |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
![]() |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
![]() |
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
![]() |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
![]() |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
![]() |
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
![]() |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
![]() |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola