Mexiko shahri

Mexiko (ispancha: Ciudad de México) - Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birgalikda Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km2 atrofida.

Mexiko shahri
Skyline of Mexiko
Mexikoning bayrogʻi
Bayroq
Mexikoning rasmiy gerbi
Gerb
[[Fayl:{{{image_map}}}|250px|Location of {{{official_name}}}]]
19°25′10″N 99°8′44″W / 19.41944°N 99.14556°W / 19.41944; -99.14556Koordinatalari: 19°25′10″N 99°8′44″W / 19.41944°N 99.14556°W / 19.41944; -99.14556
Federal nom Federal okrug
Hukumat
 • mer Marselo Ebrard
Zichligi 5950 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC
Xaritani koʻrsatish/yashirish
[[File:|290px|Mexiko shahri на карте]]
Red pog.png

Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.

M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325 yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. 16-asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521 yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821 yildan mustaqil Meksika poytaxti.

M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ‘/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. 20-asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.[1]

Birodar shaharlarTahrirlash

  PER Arequipa, Peru
Andoza:Country data the People's Republic of China Pekin, Xitoy
  Lebanon Beyrut, Livan
  GER Berlin, Germaniya
  COL Bogota, Kolumbiya
  ARG Buenos Aires, Argentina
Andoza:Country data the United States Chikago, AQSh
  PER Kusko, Peru
  TUR Istanbul, Turkiya
  GUA Gvatemala shahri, Gvatemala
  RUS
Kaliningrad, Rossiya
  PER Lima, Peru
Andoza:Country data the United States Los Anjeles, AQSh
  ESP Madrid, Ispaniya
  PAN Panama shahri, Panama
  MEX Dolores Hidalgo, Guanajuato, Meksika.
  MEX Cholula, Puebla, Meksika.
  BRA Rio de Janeyro, Braziliya
  El Salvador San Salvador, El Salvador
Andoza:Country data the United States Xyuston, AQSh
  Chile Santyago, Chili
  BRA San Paulu, Braziliya
  CAN Toronto, Kanada
  JPN Nagoya, Yaponiya
  South Korea Seul, Janubiy Koreya

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

HavolalarTahrirlash