Oʻzbekiston avtomobil raqamlari indeksi

Avtomobil raqamlaridagi harflar va raqamlar

Oʻzbekiston avtomobil raqamlari — Oʻzbekiston Respublikasida avtomobillar, avtobuslar, traktorlar, tirkama, oʻziyurarlar, pritseplarni qayd etish uchun joriy etilgan davlat belgilaridir. Davlat raqamlarini ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshidagi „Oʻzavtomotobelgi“ davlat unitar korxonasi tomonidan[1] amalga oshiriladi. Avtoraqamlarni berish va nazorat qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (harbiy va maxsus texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari, jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (harbiy texnika, vazirlik tizimidagi transport vositalari), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (harbiy texnika, xizmat tizimidagi transport vositalari) va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (qishloq xoʻjaligi transporti) tomonidan amalga oshiriladi[2][3].

TarixiTahrirlash

Oʻzbekistonda birinchi marta avomobil raqamlari 1920-yillarda chiqarilgan. 1938, 1944, 1977 yillarda yangi namunalar chiqarilgan[4]. 1989-yilda chiqarilgan avtomobil raqamlari esa 1998-yilgacha amal qilgan. 1998-yildan 2008-yilgacha yangicha davlat raqamlari joriy etildi va u 2013-yilgacha amal qildi. 2008-yil 1-oktyabrdan xalqaro talablarga javob beradigan yangi davlat raqamlari joriy qilindi[5][6].

Avtomototransport vositalari va tirkamalarga beriladigan davlat raqamlari turlariTahrirlash

Raqamlar yuqori texnologoyalar asosida chiqarilgan boʻlib, yorugʻlik qaytaradigan qatlam va korroziyaga hamda qalbakilashtirishga qarshi xususiyatga ega. Davlat raqamlarida chiroyli kombinatsiyalar (001-009, 100, 111, 200, 222, 300, 333, 400, 444, 500, 555, 600, 666, 700, 777, 800, 888, 900, 999), ularga boʻlgan kuchli talab ortidan kelib chiqqan mojarolar tufayli taʼqiqlangan edi[7]. 2017-yilning 11-iyul kuni[8] Oʻzbekiston Prezidentining „Yoʻl harakatini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan chiroyli kombinatsiyalarni auksion orqali sotish tartibi belgilandi[9].

Tasviri Tavsifi
 
 
Tip I

Yuridik shaxslarga beriladigan raqamlar. Tip IA — Tip I shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

 
200px
Tip II

Davlat hokimiyatining yuqori organlari xodimlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip IIA — Tip II shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

  Tip III

jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan raqamlar.

  Tip IV

chet davlatlar diplomatic vakolatxonalari, elchixonalar rahbarlarining transportlariga beriladigan davlat raqamlari.

  Tip V

xorijiy davlatlar elchixonalari, konsullik idoralari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari.

 
 
Tip VI

BMT va uning tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIA — Tip VI shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

 
 
Tip VII

Chet davlatlar diplomatic vakolatxonalarining texnik-taʼminot xodimlariga tegishli transport vositlariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIA — Tip VII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

 
 
Tip VIII

Savdo vakolatxonalari, konsulliklar, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip VIIIA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

 
 
Tip IX

Xalqaro nodavlat tashkilotlar, birlashmalar, banklar, firmalar, korrespondentlik ofislari xodimlarining transport vositalariga beriladigan davlat raqqamlari. Tip IXA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

 
 
Tip X

Fuqaroligi chet davlatga tegishli boʻlgan shaxslarga tegishli transport vositalariga beriladigan davlat raqamlari. Tip XA — Tip VIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

  Tip XI

mototsikllar va motorollerlarga beriladigan davlat raqamlari.

  Tip XII

yuk mashinalari va avtomobillarining tirkamasiga beriladigan ikki qatorli davlat raqamlari.

 
 
Tip XIII

yoʻl harakatida vaqtincha qatnashish uchun beriladigan davlat raqami. Tip XIIIA — Tip XIII shaklidagi raqamlar mos kelmaydigan gabaritli transport vositasiga oʻrnatiladigan va shakli shunga moslashtirilgan davlat raqamlari.

Harbiy qoʻshinlar boʻlinmalari transport vositalariga beriladigan davlat raqamlariTahrirlash

Tasviri Tavsifi
 
 

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshin boʻlinmalariga beriladigan davlat raqamlari 1998-yilgi namuna boʻyicha (qora fon va oq yozuv) chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, 1998-2018 yillarda aynan shunday namunadagi davlat raqamlaridan foydalandi. 2018-yildan boshlab, oq fondagi qora MV yozuvli yangicha davlat raqamlari joriy etildi[10]

Hududlar boʻyicha raqamlarTahrirlash

Hudud 1989-1998 yillardagi 1998-2008 yillardagi 2008-yildan keyin
Toshkent ТН 10, 30 01-09
Toshkent viloyati ТШ 11 10-19
Sirdaryo viloyati СИ 12 20-24
Jizzax viloyati ДД 13 25-29
Samarqand viloyati СН 14 30-39
Fargʻona viloyati ФЕ 15 40-49
Namangan viloyati НА 16 50-59
Andijon viloyati АН 17 60-69
Qashqadaryo viloyati КФ 18 70-74
Surxondaryo viloyati СД 19 75-79
Buxoro viloyati БХ 20 80-84
Navoiy viloyati НВ 21 85-89
Xorazm viloyati ХЗ 22 90-94
Qoraqalpogʻiston Respublikasi КП 23 95-99

Yuridik shaxslarga tegishli ayrim avtomobil raqamlaridagi maxsus harflardan iborat kombinatsiyalarning farqlanishiTahrirlash

PAA — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni xodimlari; PSS — Oʻzbekiston Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; PPP — Oliy Majlis deputatlari va senatorlari;UZB— davlat hokimiyatining markaziy idoralari rahbarlari;[11][12]APC, VPC, PSV — vazirliklar va davlat qoʻmitalari rahbariyati (vazirlarning oʻrinbosarlari); AVH, BVH, FVH, JVH, KVH, NVH, SVH, TVH, XVH — Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari; USB — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qoʻshinlar; VSB, VSC, VSF, VSD, VSG, VSP, VSV — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari; PSFPSP — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari; TSS, TST — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari; ZDF — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari; DXA, PXQ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari agentligi xodimlari; FVV — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari; BGR — ? UNG — Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari; MV, MT — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari; TTA, TTB, TTC, TTD, TTE, TTF, TTG, TTH — taksilar; D — diplomatlar (yashil rangli); CMD — xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari (yashil rangli); T — elchixona texnik personali (yashil rangli); M — xorijiy firma va kompaniyalar xodimlari, investorlar (yashil rangli); X — konsulliklar, savdo vakolatxonalari xodimlari (yashil rangli); UN — BMT va tuzilmalarining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xodimlari (koʻk rangli); H — Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (sariq rangli). Shuningdek, 2017-yildan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillarga uch bir xil harflardan iborat davlat raqamini (masalan, OOO, VVV kabi) muayyan toʻlov asosida berish tartibi joriy qilindi.

Avtomobil raqamlarining boshlangʻich narxlariTahrirlash

Toshkent shahridaTahrirlash

Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni* ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi ROʻDRBga boshlangʻich narxi har xil kombinatsiyadagi harflar bilan (Bazaviy hisoblash miqdorida) ROʻDRBga boshlangʻich narxi bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan (Bazaviy hisoblash miqdorida)
1-toifa 9 juft 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888 100 130[13]
2-toifa 21 juft 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080, 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999 30 40
3-toifa 27 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090, 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909 10 15
4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099. 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. 8 10
5-toifa 75 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. 5 7
6-toifa 160 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. 3 5

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardaTahrirlash

Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) har xil kombinatsiyadagi harflar bilan ROʻDRBning boshlangʻich narxi (Bazaviy hisoblash miqdorida) bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan
1-toifa 9 juft 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888. 25 30
2-toifa 21 juft 002, 005,010, 020, 050, 070, 077, 080.101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999. 10 15
3-toifa 27 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090.110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909. 5 7
4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099.220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. 4 5
5-toifa 75 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191.212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292.313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393.414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494.515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696.733, 744, 755, 766, 788, 799.818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898.919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. 3 4
6-toifa 160 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199.201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299.301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399.401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499.501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599.601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699.720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790.801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899.901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. 2 3

2008-2017 yillar davomida yangi namunadagi avtomobil raqamlarining narxlarida rasman qatʼiy belgilangan narxlar boʻlmagan. 2017-yil 1-noyabr kuni samarqandlik yuridik shaxs auksion orqali „30-777-AAA“ davlat raqamini 340 million soʻm (taqriban 37200 AQSh dollari) evaziga qoʻlga kiritib, rekord oʻrnatdi[14].

ManbalarTahrirlash

  1. 2050-1-сон 10.01.2018. «Автомототранспорт воситаларини қайта рўйхатдан ўтказишни (қайд этишни) ташкил этиш ва амалга ошириш тартиби тўғрисидаги Йўриқномани тасдиқлаш ҳақида»ги буйруққа ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида. LexUz.
  2. Avtomobilnie Nomera Uzbekistana
  3. Postanovlenie Kabineta Ministrov
  4. http://www.avtonomer.net/content/view/269/45/
  5. Avtomobilnie nomera
  6. Postanovlenie Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 27 iyunya 2007 g. № 131 „O merax po vnedreniyu novix obrazsov gosudarstvennix registratsionnix nomerov dlya avtomototransportnix sredstv“
  7. Krasivie nomera — ponti ili neobxodimost?, archived from the original on 2015-09-07, https://web.archive.org/web/20150907001147/http://bibi.uz/pisyma-chitateley/3233, qaraldi: 2015-09-02 
  8. https://daryo.uz/2017/07/12/ozbekistonda-chiroyli-avtomobil-raqamlari-auksion-orqali-sotiladi/
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti
  10. Mudofaa vazirligiga qarashli avtotransport vositalarining raqamlari oʻzgaradi
  11. https://daryo.uz/k/2020/12/08/toshkentda-uzb-raqamli-toyota-haydovchisi-qarama-qarshi-yonalishda-harakatlangani-uchun-jarimaga-tortildi/[email protected]_kirill
  12. http://avto-nomer.ru/user55639
  13. Оширилган тўлов ставкалари бўйича бериладиган I, IA, III, IIIA типидаги автотранспорт воситалари учун рўйхатдан ўтказиш давлат рақами белгиларининг. LexUz.
  14. https://uznews.uz/ru/article/7508

HavolalarTahrirlash