Vikipediya

Toʻy

bazmtomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi

Toʻy — bazm tomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi. Oʻzbeklarda nikoh toʻyi, beshik toʻyi, xatna toʻyi, hovli toʻyi va boshqa turdagi Toʻylar oʻtkaziladi.

Toʻylarni oʻtkazish jarayonida insonparvarlik, izzatikrom, mehribonlik, mehmonnavozlik, inoqlik kabi olijanob fazilatlar yorqin oʻz ifodasini topadi. Inson zotini qadrlash, hurmatlash va ulugʻlashda Toʻylar beqiyos qimmatga ega. Toʻy bir kishining shaxsiy ishi boʻlmay, u keng jamoatchilik tashabbusi va ishtiroki bilan oʻtadigan tantanadir. Shuning uchun Toʻylarni zamon talabi darajasiga koʻtarish doimo muhim hisoblanadi. Toʻylarni oʻziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni har tomonlama tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish hozirgi davr talabidir.

No iwiki template.gif Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.



Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
  • v
  • t
  • e

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikidark.org/w/index.php?title=Toʻy&oldid=2515057" dan olindi
Wikipedia dark mode